gapi
API kalit olish
NUTQ → MATN· MATN → NUTQ· OVOZLI AGENTLAR· TAHLIL
uz-UZ · Toshkent

O‘zbek tili uchun ovoz infratuzilmasi.

Tinglash, gapirish va suhbatni tushunish — bitta API’da. Har bir model o‘zbek tili uchun o‘qitilgan, chet el xizmati ustidagi qobiq emas.

Boshlash → Hujjatlar 35 so‘m / daqiqa dan
KIRISH

Haqiqiy qo‘ng‘iroqlardan to‘rt ovoz.
NATIJAGapi STT v1
01PLATFORMA

To‘rt model. Bitta kalit. Bitta hisob.

Gapi STT v1 · /v1/transcribe

Nutq → matn

Fayl yoki jonli oqim. Tinish belgilari, raqamlar va har bir so‘zning vaqti bilan.

Gapir TTS v0.1 · /v1/tts BETA

Matn → nutq

Zebo va Doston ovozlari, beshta uslub. Raqam, sana va telefonlar so‘z bilan o‘qiladi.

SOTUV ORQALI

Ovozli agent

Qo‘ng‘iroqqa javob beradi, yozib qo‘yadi va tizimlaringizga ulanadi — kun-u tun.

Gapi STT v1 · /v1/transcribe

Nutq tahlili

Kim gapirdi, kim mijoz, qaysi tilda, qanday kayfiyatda — bitta javobda.

02TAQQOSLASH
Nutq → matn

O‘zbek tilida sifat bo‘yicha №1. Narxi — 10 barobar past.

14,9 %WER — haqiqiy qo‘ng‘iroqlardatelefon liniyasi, shovqin, sheva, rus so‘zlari aralash
4,5 %WER — toza nutqdaaudiokitoblar, diktor nutqi
3×aniqroq — kim gapirganinioperator va mijozni mono yozuvda ajratish, Gemini bilan solishtirganda
Misollarni eshitish va solishtirish →
Nutq → matn1000 SOAT NARXI · SO‘Mkami yaxshi
Gapi STT v12,1 mln
Gemini 3 Flash2,2 mln
ElevenLabs Scribe v22,6 mln
VoiceLab17,1 mln
Muxlisa21,0 mln
Narxi teng bo‘lganlar orasida — eng aniq. Modellar yaxshilanadi, narx o‘zgarmaydi.24.10.2026 holatiga
Matn → nutq≈ 100 SOAT OVOZ (5,5 MLN BELGI) · SO‘Mkami yaxshi
Gapir TTS v0.10,62 mln
Gemini 3.8 Flash-Lite TTS0,65 mln
VoiceLab4,74 mln
Gemini Flash-Lite’dan arzonroq. Gemini narxlari 2027-yil 1-yanvardan ikki barobar oshadi.03.11.2026 holatiga
03NUTQ → MATN · IMKONIYATLAR

Yettita qatlam — narxning ichida.

Tinish belgilari, raqamlar va so‘z vaqtlari bilan matn — bazada. Ustiga butun suhbat tahlili, qo‘shimcha to‘lovsiz. Yana uchtasi — kichik ustama bilan.

01

Stereo kanallar

Har bir kanal alohida spiker bo‘ladi.

02

Spikerlarga ajratish

Mono yozuvda kim gapirayotgani, 4 ta ovozgacha.

03

Mijoz va xodim

Ikki suhbatdoshdan qaysi biri mijoz, qaysi biri xodim.

04

Ovoz jinsi

Har bir spiker uchun: ayol, erkak yoki noma’lum.

05

Ovozdan tanish

Bir odam barcha yozuvlarda bir xil raqam va ism oladi.

06

Nutq tili

Yozuv, spiker va replika tili — ulushlari bilan.

07

Dozvon

Jonli suhbatmi yoki gudok, avtojavob, IVR; qaysi soniyada javob berildi.

04MATN → NUTQ · OVOZLAR

Matndan — jonli o‘zbekcha ovoz.

Gapir TTS v0.1, beta: qo‘ng‘iroq markazlari, bildirishnomalar va ovozli yordamchilar uchun. 1000 belgi (≈ 1 daqiqa ovoz) — 112 so‘m.

Zebo

Ayol ovozi · standart

Doston

Erkak ovozi

01

Rol va uslub

Operator yoki yordamchi; neytral, iliq, quvnoq, xotirjam yoki hamdard. Narx uslubga bog‘liq emas.

02

So‘zlashuv nutqi

Toshkentcha jonli talaffuz va «Aa…», «Eee…» kabi pauzalar — qo‘ng‘iroq sun’iy eshitilmaydi.

03

Raqam va sanalar

«14:30», «3-noyabr», telefon va sayt manzillari so‘z bilan o‘qiladi. Lotin yoki kirill.

04

Pauza va kulgi

Matndagi [pause] qisqa pauza, [laugh] — kulgi beradi.

05

Formatlar

mp3, wav yoki ogg (Opus), 8 dan 48 kHz gacha.

06

4000 belgigacha

Javob — audioning o‘zi; 2 daqiqada ulgurmasa, vazifa raqami va natija havolasi.

05NARX

Faqat ishlatganingiz uchun.

Nutq → matn: asos — daqiqasi 35 so‘m, pullik opsiya o‘z ustamasini qo‘shadi, yettita bepul qatlam narxga ta’sir qilmaydi. Matn → nutq: 1000 belgi (≈ 1 daqiqa ovoz) — 112 so‘m, ovoz va uslubdan qat’i nazar.

NUTQ → MATN · DAQIQASI, SO‘M
Asos + 7 bepul qatlam×1 · 35
+ shaxsiy ma’lumotlar×1,2 · 42
+ shaxsiy ma’lumotlar + emotsiyalar×1,4 · 49
Barcha uch pullik opsiya×1,7 · 59,5
MATN → NUTQ · SO‘M
1000 belgi (≈ 1 daqiqa ovoz)112
1 mln belgi (≈ 18 soat ovoz)112 000
×1,2
DAQIQA
42so‘m
OYIGA
504 000so‘m
Boshlash →
06API

Bitta so‘rov — tayyor suhbat.

01Yozuvni yuboringFayl yoki havola — mp3, wav, ogg, m4a, flac, webm. 200 MiB va 4 soatgacha. Opsiyalar settings maydonida.
02Replikalarni jonli olingMatn yozuv tugashini kutmay oqim bilan keladi. Yoki webhook — biz o‘zimiz xabar beramiz.
03Natija — JSONVaqt va so‘zlovchi bilan replikalar, rollar, jins, ovozdan tanish, hissiyot, shaxsiy ma’lumot. 30 kun saqlanadi.
04Matnni ovozlashtiringPOST /v1/tts: matn, ovoz va uslub — javobda mp3, wav yoki ogg.
5 daqiqagacha · sinxron
curl -X POST https://console.gapi.uz/v1/transcribe \
  -H "Authorization: Bearer $TOKEN" \
  -F file=@call.mp3 \
  -F 'settings={"speaker_roles":true,"pii":true}'
200 · javobgapi_task_result.v0
{
  "audio_seconds": 282.7, "speakers": 2,
  "segments": [{
    "start": 0.42, "end": 3.9, "speaker": 1,
    "text": "Assalomu alaykum, aloqa markazi.",
    "language": { "code": "uz", "confidence": 0.99 }
  }],
  "speaker_info": [{
    "role": "client", "gender": { "label": "male" },
    "identity": { "status": "matched", "name": "Azimbek" }
  }]
}
07SOTUV BO‘LIMI · OVOZLI AGENT · ON-PREMISE

Ovozli agent — hozircha sotuv bo‘limi orqali.

Qo‘ng‘iroqlarga javob beradigan va tizimlaringizga ulanadigan agentni ssenariyingiz bo‘yicha birga quramiz.

Butun stek — sizning serverlaringizda.

Audio bino ichidan chiqmaydi. Internetsiz ishlaydi, audit va loglar bilan. Bank, telekom va davlat tashkilotlari uchun.